0

HALOL SERTIFIKATLARI KFC UZBEKISTON RESTORANLARIDA

KFC brendining O‘zbekiston Respublikasida franchayzing kompaniyasi bo‘lgan «International FoodChain» MCHJ nomidan to‘liq mas'uliyatni bo‘ynimizga olgan holda shuni ma'lum qilamizki, restoranlarimizda tayyorlangan barcha taomlar xalqaro «Halol» standartlariga to‘liq muvofiq va barcha standartlarga amal qilinayotgani qat'iy tekshiruvlardan o‘tkazilgandan keyin «Halol» Xalqaro Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish Markazi tomonidan berilgan sertifikatlar ham buning tasdig‘idir.

Markaz haqida batafsil ma'lumot havola orqali: https://halalcenter.ru/

Yuqorida aytib o‘tilgan tekshiruv xomashyo ta'minotchilaridan tortib, restoranda tayyor taomlarni tortiq etishgacha, taom tayyorlashning barcha bosqichlari uchun o‘tkazildi.

Taomlarni tayyorlash uchun masalliqlar, xodimlar, ishlab chiqarish maydonlari, uskunalar, saqlash va tayyorlash sharoitlarining hammasi «Halol» standartlariga muvofiq. Tovuq go‘shti ta'minotchilarimiz — «Saxovat Broyler» va «Safi» parrandachilik fabrikalari ham amaldagi «Halol» sertifikatlariga ega.

Kompaniyamiz doim mehmonlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qiladi, shunday ekan, qat'iy xalqaro sifat standartlaridan tashqari «Halol» standartlariga ham to‘la-to‘kis amal qilish biz uchun juda muhim, binobarin, biz mehmonlarimizga nafaqat totli, nafaqat ozuqa nuqtai nazaridan xavfsiz bo‘lgan, balki «Halol» qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham xavfsiz bo‘lgan taomlarni taklif etamiz. Biz har bir mehmonimizni benihoya qadrlaymiz, shuning uchun ham, ushbu standartlarga avval ham amal qilingan, hozir ham amal qilinmoqda va bundan keyin ham barcha holatlarda to‘la-to‘kis amal qilinadi

 

Har bir restoranimiz uchun Halal sertifikatlari ostidan toping

KFC Fayz

KFC Chilonzor

KFC Samarqand Darvoza

KFC Compass

KFC Rossini

KFC Westminster

KFC Oazis

KFC KEFAYAT

KFC Chimgan

KFC C1

KFC Magic City

KFC Family Park

KFC Navruz Mall

KFC Kokand Drive

KFC Sergeli

KFC Beruniy

KFC Seoul Mun

KFC Anhor

KFC Shevchenko

Tashkent sity Boulevard

KFC Mustaqilik

KFC Samarkand Boulevard

Up icon